“Tyudorlar” serialida qirol 8-Genri Anna Boleyn bilan uylansa-da, odamlar hali ham Aragonlik Katerinani xushnudlik bilan kutib olar va doim oʻz mehrini koʻrsatardi. Epizodlardan birida buni koʻrgan Tomas Mor Katerinani IKS deb ataydi. Asar qahramoni boʻlgan boshqa bir IKS esa boladan eshitgan hurmatsiz javobi uchun jahlidan qip-qizil boʻlib ketgan edi. Oʻsha asar muallifini ayting.