Mashhur Travelex moliyaviy xizmatlar byurosi mutaxassislari gʻayritabiiy tadqiqot natijalarini eʼlon qilishdi. Kompaniyaning bir necha xodimlari, aftidan, ota-onalarga oʻz farzandlarini koʻpchilikka maʼlum boʻlgan maktabda oʻqitish qanchaga tushishini hisoblab chiqishga qaror qilishgan. Ekspertlarning hisob-kitoblariga koʻra, "mahalliy valyuta"ning 1 birligi 9 dollarga teng boʻlsa, yillik oʻqish narxi 3200 dollardan oshgan. Oʻquvchilarning "ish quroli" esa taxminan 65 dollar turadi. Qaysi maktabda taʼlim olish shuncha summaga tushadi?