“Toshkent”ning kulini koʻkka sovurmoq, Oʻzbek yigitiga yarashadimi? Ayniqsa “Toshkent”li bir shaharparast, Shahrini chekishga tirishadimi? Komil Aliyevning 1927 yil 12 oktabrda "Qizil Oʻzbekiston" gazetasida chop etilgan maqolasida Choʻlponning yuqoridagi toʻrtligi tahlil qilingan. Savol. Choʻlpon bu toʻrtligi bilan nimaga noroziligini bildirmoqchi boʻlgan?
Sigaretaga "Toshkent" nomi berilgani va uni yigitlar sevib chekayotganidan iztirobi namoyon etilgan.