"The Watchmen" ("Qoʻriqchilar") komiksi qahramoni Doktor Manxetten laqabli superqahramon fantastik, gʻayriinsoniy qobiliyatlarga ega — levitatsiya, dezintegratsiya, teleportatsiya va hokazo. Manxettenning eng kutilmagan vaziyatda paydo boʻlish odati tufayli qahramonlardan biri uni IKS deb ataydi. Vikipediyaga koʻra, "Uzuklar hukmdori" finalidagi burgutlar yoki aka-uka Strugatskiylarning "Uchlik haqida ertak" asaridagi NIICHAVO oliy sehrgarlari IKSGA misol boʻla oladi. IKSNI ayting.