[Boshlovchiga: "qisqa" so'zini urg'u bilan aytish.] Duplet. "The Telegraph" gazetasi saytida mashhur asarlarning qisqa bayonlari berilgan. 1. "Uliss"ning qisqa bayoni shunday: "Odam Dublin bo'ylab yuribdi. Biz uning kun tartibidagi har bir mayda-chuyda narsani bilib olamiz. Ehtimol, u buni haddan tashqari ko'p AMALGA OSHIRAR". Biz nimani "AMALGA OSHIRAR" bilan almashtirdik? 2. "Andisha va g'urur" romanining qisqa bayoni shunday: "Ayol Darsi familiyali jentlmen bilan tanishadi. Avvaliga u unga dahshatli bo'lib ko'rinadi, lekin keyin yoqimtoy bo'lib chiqadi. Ular birga bo'lishadi". "Brijit Jons kundaligi" romanining qisqa bayoni boshlanadigan ikki harfni yozing.