"The Sgt. Pepper Lonely Hearts Club Band" albomi muqovasida goʻyoki "konsertdan keyingi surat" tasvirlangan. The Beatles guruhi aʼzolari orkestrning xayoliy konsertida koʻrishni istagan insonlar qurshovida turishibdi. Qiziqarli tomoni shundaki, fotosurat montaj qilingandan soʻng, undan ikki kishining yuzini qirqib tashlashga toʻgʻri kelgan: hind yetakchisi Mahatma Gandi va aktyor Leo Gorsi. Birinchisi EMI firmasi iltimosiga koʻra olib tashlangan (bu ularning vijdoniga havola — inglizlarning hindlar bilan oʻz hisob-kitoblari bor), xoʻsh, sizningcha, Leo Gorsi nima sababdan olib tashlangan?
U oʻz portreti nashr etilgani uchun haq talab qilgan.