Oʻtgan asrning boshida tashkil etilgan ushbu kompaniya nafaqat oʻz sohasida dunyodagi eng yiriklaridan biri, balki maʼlum maʼnoda oʻz mamlakatining ramzi hamdir. Bejizga u oʻzi haqida: "... futbol, choy ichish va qirollik oilasi kabi Angliyaning bir qismidir", deb aytmaydi. Qiziqarlisi shundaki, "The Marker" gazetasining yozishicha, ushbu kompaniya dunyodagi atrof-muhitning eng ashaddiy himoyachilaridan biri hisoblanadi. Ushbu kompaniyaning sotuv hajmi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadigan mahsulotini ayting.