Texnikaga qiziqishi kuchli boʻlgan Nurobodlik Oʻgʻiloy Ishqulova qishloq sharoitida istiqomat qilgani bois, ertalab vaqtli uygʻonib, sigir sogʻadi, mollarga qaraydi, bolalarga nonushta tayyorlaydi. Shuningdek, maktabda farroshlik ham qiladi, mashinada bozorga yo biror joyga qoʻy-qoʻzilarni olib boradi, mollar uchun oʻt, pichan, tikan tashiydi. Kun.uz sayti ushbu ayolni ALFA deb atagan. Biz bilgan taniqli insondan tashqari, Jin Kirkpatrik va Kaya Kallaslarni ham ALFA deyishadi. Savol: ALFA soʻzi bilan almashtirilgan ikki soʻzni yozib bering.