Texnik hodimlar mikrafonni savol oʻqishdan avval tekshirishni soʻrashyapti. Fursatdan foydalanib bugungi oʻyin gʻolibiga bittadan Iphone 13 pro Max telefoni sovgʻa qilinadi. Ha ovozlarga qaraganda mikrafon yaxshi ishlayapti bu soʻzlarimni jiddiy tushunmang mikrafonni tekshirish uchun aytib oʻtdim holos. 1984-yil 11-avgustda Aqsh prezidenti Ronald Reygan omma oldida shunday jumlalarni ishlatadi: " amerikalik vatandoshlarim, bugun men sizni Rossiyani abadiy izdan chiqarib yuboradigan farmonga imzo chekkanim bilan tabriklayman, bomba portlashi 5 daqiqadan soʻng boshlanadi deydi. Lekin bu gaplar Nutq ssenariysiga ham kiritilmagan edi va tabiiyki bu ish amalga oshmagan, xalq esa buni shunchaki xazil deb qabul qilgan. Diqqat savol: Reygan tomonidan aytilgan bu gaplar nima uchun jiddiy qabul qilinmagan.