Tesla modellarini ma’lum bir g‘oya asosida nomlamoqchi bo‘lgan Ilon Mask ta’kidlagan ediki, Model S-dan keyin chiqadigan modelning chiqarilishi nomlash bilan bog‘liq qiyinchiliklar sababli kechikdi va Model X vaqtidan oldin chiqarilishi kerak bo‘ldi. Kechikkan model uchun tanlangan ilk nom Ford tomonidan patentlangani ma’lum bo‘lgach, Mask chiqish yo‘li sifatida model nomidagi vertikal chiziqni olib tashlashni taklif qildi. Biroq bu fikr ham boshqa bir kompaniyaning e’tiroziga sabab bo‘ldi. O‘sha kompaniya nomini yozing.