Hurmatli bilimdonlar! Nima boʻlishidan qatʼi nazar, ushbu savolga javob topshirganingizda — u yoki toʻgʻri, yoki notoʻgʻri boʻladi. Tertium non datur. Mashhur rus matematigi A.P. Ershov "dasturchi birinchi darajali matematikning mavhumlik va mantiqiy fikrlash qobiliyatiga hamda Edisonning gayka va vintdan xohlagan narsasini yasash qobiliyatiga ega boʻlishi kerak" degan edi. Biz qaysi soʻzlarni "gayka va vint" soʻzlari bilan almashtirdik?