Terabayt.uz saytining BU ISHni qilish haqidagi maqolasida, baʼzi mamlakatlarda sherigingizni roziligisiz BU ISHni qilish javobgarlikka sabab boʻlishi haqida ogohlantiradi. Oʻtgan asrning 70-yillarida “Fillar”ning Vashingtondagi mehmonxonada BU ISHni qilishga urinishi katta mojaroga va prezident Richard Niksonning muddatidan oldin isteʼfoga chiqishiga sabab boʻlgan. Savol: Biz koʻp duch keladigan aloqa xizmatlarida BU ISH nima maqsadda amalga oshirilishini toping.