Telomerlar xromosomalarning uchlarida joylashgan kichik qopqoqlar boʻlib, xromosoma zanjirlarining uzayib, titilib ketishining oldini oladi. Bu haqda soʻz yuritilgan maqolada xromosomalar va telomerlar birgalikda X-ga oʻxshatiladi. Oʻyinlarning birida tennischi Endi Marrey nikoh uzugi oʻyin paytida ham yonida boʻlishi uchun X-dan foydalangan edi. X-ni 2-turdagi aniqlovchi soʻz birikmasi bilan ayting.