Telegram kanallaridan birida, fevral oyi boshlarida havo haroratining ancha iliq boʻlgani haqida post yozilgan. Post izohlarida bir foydalanuvchi ULAR quyosh nurlariga aldanib, vaqtidan ertaroq oʻzini namoyish qilgani haqida post qoldirgan. Van Gog ijodidagi turkum kartinalar toʻplami nomi ham ULAR. Savol: ULAR soʻzi oʻrnidagi ikki soʻzni yozib bering.