Tarqatmadagi bu anjom bilan ilgarilari BU ishni amalga oshirishgan. Bu anjom orqali jarayon anchayin xavfsiz boʻlgan va ortiqcha yoqimsizlikdan ham saqlagan. 18-asrda yaratilgan bir asarda ham bu ishni amalga oshirilishi maʼlum. VII asrda esa bir mezbon tomonidan avval BU ishning soʻngra qarama qarshi ishning amalga oshirilishi esa mehmonning eʼtirofiga sabab boʻlgan edi. Mazkur voqea ortidan 2009-yilda toshkentlik Farhodbek Ortiqov 75 ming rubl ishlab olganini koʻpchiligingiz koʻrgansiz. Diqqat savol: savol matnida tilga olingan mezbonning ismini yozib bering.