Tarqatma materialda qizil bilan belgilangan sohalarda birnecha soʻzlar va harflar yashirilgan. Diqqat savol matnida maʼno koʻchishi va soʻz almashinishi mavjud. Qarshingizdagi tarqatma materialda AQSH standartiga koʻra dori idishiga yopishtrilishi shart boʻlgan yorliqni koʻrib turibsiz. Yorliqqa qarasak, bemor ism familiyasini, uning manzilini, doktor ismini, dori nomini yana, har bir dori 250 milligrammlik kapsulalardan iboratligini, uni bir tabletkadan har kuni soat 3 da ichish kerakligini, dori ishlab chiqarilgan joy va 2009-yil 19-maydan dori idishini dorixonada qayta toʻldirib olish mumkinligi va boshqa muhim maʼlumotlarni koʻramiz. Dori nomidan esa ushbu dori giyohvand moddalarga tobelikdan qutqarishga moʻljallanganligini tushunish mumkin. Diqqat savol: dori kimga buyurilganini ikki yoki bir soʻzda yozib bering.