Tarqatma material [Eslatma: Tarqatmalar har bir jamoa uchun bir donadan beriladi] Tarqatma materialni jamoalar soniga qarab bir donadan chiqardik. Tarqatma materialdagi jumlani yapon tilidan «Reklama taxtachasi», «yozuv taxtachasi» deb tarjima qilish mumkin. Bunday taxtachalar konveyerlar yonida, omborxonalarda qoʻyilgan. Mashhur kompaniya ommalashtirgan tushuncha oʻz nomini aynan ushbu jumladan olgan. Savol, ushbu tushuncha nomini unlilari bir xil soʻz bilan toping.