zakovatklubi.uz

Tarqatma material DILER Fargʻona shevasiga allergiyangiz yoʻq degan umiddamiz. Ushbu atama dastlab huquq sohasida qoʻllanilgan boʻlib, "qonunni bilmaslik uni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi" umumiy huquqiy tamoyilning maʼlum darajada "toʻsib qoʻyishi" bilan izohlanadi. Kinematografiyada uning qoʻllanishi, MGM kinostudiyasining "Rasputin va Qirolicha" filmi bilan bogʻliq sudda yutqazishidan soʻng ommalashib ketgan edi. Tarqatma materialda biz atamadan bir nechta harflarni tushirib qoldirdik. Siz esa tushirib qoldirilgan harflarni oʻz oʻrniga qoʻyib atamani yozib bering.

Manba