Tarqatma. Diqqat savolda tushib qoldirilish mavjud. Bir serial qahramoni oʻzining yangicha tashqi koʻrinishi xotiniga yoqmagach, unga sanʼatni tushunmasligini aytib tanbeh beradi. Darhaqiqat, ushbu uslub 17-asr flamand rassomi sharafiga nomlangan boʻlib, juda koʻplab tarixiy shaxslar va dunyoga taniqli insonlarni uchratishingiz mumkin. Lenin, polkovnik Sanders, Gay Foks, Leonardo Di-Kaprio, Bred Pit, tarqatmada va hokazo insonlarda. Ismini bilish maqsadida, juda tanish familyasini qidirar ekanman, kutganimdek Liverpool futbolchisi, bundan tashqari eshkakeshuvchi va tilshunos, belgiyalik velopoygachi va opera kuychisi, natsistlarga yevreylarni sotgan yevrey ayol, norveg shaxmat kompozitori, nemis DJ (dijey), amerikalik kinorejjisor, matematik olim va aktyorlar kelib chiqdi. Diqqat savol: savolda tushib qoldirilgan soʻzni emas, balki yuqoridagilarni birlashtirib turuvchi familyani yozib bering.