Taniqli turk yozuvchisi Yashar Kemalning “Ilonni oʻldirsalar” romanida IKS ayrimlarda misoli ilon yutgan quyon kabi uzoq xazm boʻlishi, ayrimlarda esa sharbat kabi simirilishi aytib oʻtiladi. Frensis Bekonning yozishicha, bolalarni konfet bilan, kattalar IKS bilan aldashi mumkin ekan. Ozodbek Nazarbekovga ishonadigan boʻlsak, IKSni bir toifa insonlar isteʼmol qilishmaydi. Savol: Kimlar UNI isteʼmol qilmasligini toping.