zakovatklubi.uz

Tadbirkor va bir qancha proyektlar muallifi - Ilon Maskning Twitter ijtimoiy tarmogʻini $ 43 mlrd. ga sotib olishi haqida gap-soʻzlar urchigan dastlabki davrda ushbu SosSet foydalanuvchilaridan biri unga Twitterʼdan salgina qimmatga tushadigan oʻz ona yurtini sotib olishini va undagi ilm-fanni yuksaltirishini iltimos qiladi. Evaziga ushbu davlatning barchaga mashhur boshqa nomiga Maskning oʻz nomini qoʻshgan holda qaytadan original nomlashi mumkinligini taklif etadi. Ushbu barchamizga maʼlum nom portugalchadan tarjima qilinganda "ulugʻlangan joy" degan maʼnoni anglatar ekan. DIQQAT SAVOL: Siz menga ushbu davlatning hozirgi nomini emas, balki, Twitter foydalanuvchisi oʻzgartirgan holda taklif etgan versiyani ikkita soʻzda ayting.

Manba