Tasodiflarni qabul qilmaydigan Eynshteyn Nils Bor nazariyasini ham rad etardi. Bir safar Syurix yaqinidagi Utliberg togʻida uning fikrini baham koʻradigan assistentlari — Otto Shtern va Maks fon Laue bilan sayr qilib yurganida, “agar Nils Bor nazariyasi toʻgʻri chiqsa, biz fizikadan ketamiz” deb soʻz berishadi. Volfgang Pauli bu voqeani bir necha asr oldin sodir boʻlgan deb taxmin qilinadigan voqea nomidan bir harf tushirib qoldirgan holda nomlaydi. Qanday?