Tanqidchilardan biri yengil fantastika ixlosmandlari uchun bebaho deb atagan “Once upon a time” seriali nomining oʻzbek tiliga tarjimasida ushbu iboradan foydalanilgan. Asosiy voqealar “Sehrli oʻrmon” deb nomlangan joyda sodir boʻlishini bilgan holda, serialning oʻzbekcha nomini bir necha soʻz bilan javob kartangizga yozing.