[Boshlovchiga: avtomobil nomini maksimal darajada aniq talaffuz qiling.] Ma’lumki, deyarli har bir avtomobil markasi logotipdan tashqari shiorga ham ega. Suzuki SX 4 avtomobilining radioreklamasida ikki harf qoʻshilgan frazeologizmdan iborat shior yangraydi. Lugʻatlardan birida ushbu frazeologizmga shunday izoh berilgan: "Toʻliq oʻziga egalik qilish; mustaqil, har qanday majburiyatlardan ozod boʻlgan holda, oʻzi xohlagandek yoʻl tutish". Reklamada yangragan iborani takrorlang.