Suratdagi oq tort AQShda ALFAning ozuqasi deb nomlanadi. Bunday nom olishiga sabab tort juda yengil boʻlib, goʻyoki uni isteʼmol qilgan ALFAlar bemalol, yengilgina harakatlana olar emish. Ushbu tort afroamerikaliklar orasida asosan dafn marosimlarida dasturxonga tortilsa, pensilvaniyalik nemislar orasida nikoh torti hisoblanadi. Savol: ALFAni bir soʻz bilan yozib bering. || Qarshingizdagi toʻq jigarrang tort AQShda IKSning ozuqasi deb nomlanadi. Ushbu tortning odatiy shokoladli tortlardan farqi, bu tortga yanada koʻproq shokolad qoʻshiladi. Bu tortning ichi ancha zich boʻlib, vazni ham ogʻir. Versiyalardan biriga koʻra, IKSning ozuqasi nomi ham yuqoridagi oq tortga oʻziga xos javob sifatida paydo boʻlgan. Boshqa bir versiyada taʼmi aqlni ozdiradigan darajada shirinligi uchun shunday nom olgan. Savol: IKSni bir soʻz bilan yozib bering.