Maʼlumki, "Munchkin" kartali stol oʻyinining juda koʻp turlari mavjud. Masalan, "Super Munchkin" superqahramonlar haqidagi komikslarga parodiya, "Star Munchkin" esa "Yulduzli yoʻl" seriali va "Yulduzlar jangi" fantastik dostoniga parodiya hisoblanadi. "Munchkin Fu" turi esa rus uslublari haqidagi filmlarga parodiyadir. Savoldagi qaysi ikki soʻz "rus uslublari" soʻzlari bilan almashtirilgan?