zakovatklubi.uz

Sultonmurod Olimning yozishicha, asrlar mobaynida tilimizda aksar mavhum otlar, jumladan, maʼnaviy qadriyatlarni arabchadan kirib kelgan soʻzlar bilan nomlash rasm boʻlgan (“adolat”, “saxovat”, “samimiyat”, “hamiyat”, “muruvvat” va hokazo). Biroq Uni sof oʻzbekcha soʻz bilan ifoda etamiz va uning arabchasini bilmaymiz ham. Tilimiz shu qadar boyki, U soʻzni ishlatmay turib ham bu tushunchani anglatadigan ifodalarga ega. “Vazifa” soʻzi ham shu maʼnoga yaqin keladi, “ham qarz, ham farz” iborasi esa aynan U maʼnosini aks ettiradi. Konstitutsiyamizda ham bir qancha Ular tilga olingan. Savol: Uni toping.

Manba