Suaxili tili— Sharqiy Afrikada 150 millionga yaqin odamlar soʻzlashadigan til hisoblanadi. U Keniya, Tanzaniya, Uganda, Kongo Demokratik Respublikasi, Mozambik va Janubiy Afrikada qoʻllaniladi. 2018-yilda yuqorida sanalgan Afrika davlatlarining 100 mingdan oshiq mutasaddilari maxsus xujjatni imzolab “Disney” kompaniyasidan mashhur multfilmidagi iboraning mualliflik huquqidan voz kechishni talab qilishgan. Savol: Ushbu mashhur iborani ikki soʻzda toping.