Savol muallifi tajriba almashish dasturi doirasida Turkiya Radio Televideniyesida bo'lganida qiziqarli vaziyatga duch keldi. Ozarbayjondan borgan guruh u yerda ko'rsatuvlar tashkil etishda ham ishtirok etardi. Keyingi kunlarning birida 9-simfoniya deb nomlangan ko'rsatuv suratga olinishida ishtirok etishimiz haqidagi xabar ko'pchilikning, ayniqsa klassik musiqa ixlosmandlarining quvonchiga sabab bo'ldi. Biroq suratga olish studiyasiga kelganimizda ma'lum bo'ldiki, ko'rsatuvning musiqaga umuman aloqasi yo'q ekan. Ma'lum bo'lishicha, bu yerda muntazam ravishda X va Y o'rtasidagi turli sohalarni qamrab oluvchi muammolar muhokama qilinar ekan. Siz esa X va Y bilan almashtirilganlarni topishga harakat qiling.