“Styaua” murabbiyi Shtefan Kovach “Ayaks”dan taklif olgan edi. Oʻz imkoniyatlarini yuqori baholamagan Kovach muzokaralar oʻtkazish uchun Buxarestdan Amsterdamga ketayotganda IKS sotib olgan. IKS tarkibiga kiruvchi soʻzlar ingliz yozuvchisining asari nomida mavjud. Gap qaysi muallif haqida bormoqda?