zakovatklubi.uz

Stiven Kingning “Kerri” romani bosh qahramoni Kerri sinfdoshlari va onasi tomonidan tahqirlanib, mazax qilib kelinadi. Bu tahqirlarga chidab kelgan Kerrining bitiruv kechasida toqati toq boʻladi va oʻzidagi noodatiy kuch yordamida barchadan qasos olishni boshlaydi. U elektr toklarini uzib, butun maktabni oʻquvchilar bilan birga yoqib yuboradi. Hatto shahar boʻylab benzokolonkalarni ham portlatib tashlaydi. Bu voqealar butun shahar aholisini qoʻrqitib yuboradi, aholi uydan chiqishga ham qoʻrqib qoladi. Stiven King Kerrini BU qahramonga qiyoslaydi. BU qahramon ham oʻz vaqtida butun Ashkelon aholisini qoʻrquvda ushlab turgani maʼlum. Diqqat savol bu qaysi qahramon?

Manba