Stenli Kubrikning eng mashhur filmlaridan biri va fenomenal sayohat hikoyasi hisoblangan "2001: Space Odyssey" (2001-yil fazoviy odisseyasi) filmida asosiy yovuz qahramon sifatida HAL 9000 ismli psixotik kompyuter tasvirlangan. U oxirida astronavtlarga qarshi chiqadi va insonlar oʻlimiga sabab boʻladi. Kubrik buni har doim inkor etgan boʻlsa-da, jamiyatda keng tarqalgan fikr va mantiqiy asosga koʻra, yovuz qahramon aynan shu kompaniyani ifodalagan. Bu qaysi kompaniya?