SSSR futbol boʻyicha 1974-yilgi jahon chempionatining soʻnggi saralash bosqichida safardagi oʻyinni neytral davlatga oʻtkazish boʻyicha FIFAga murojaat qiladi. Murojaat rad etilgandan soʻng SSSR oʻyinda ishtirok etishdan bosh tortadi va jamoa JChga chiqolmaydi. SSSR futbol federatsiyasi bayonotida jamoa “vatanparvarlar qoni toʻkilgan stadionda” oʻynashni istamagani yoziladi. Savol: SSSRning raqibi qaysi davlat terma jamoasi edi?