SSSR dengizchiligida mamlakat bayrogʻi bilan chet el safarlariga chiqadigan kemalarning 20 ga yaqini Oʻzbekiston bilan bogʻliq boʻlgan. YOZUVCHILAR flotidagi eng toʻngʻich kemalardan biri UNING nomi bilan atalgan. Kemaning harakat chizigʻi Vladivostok — Yokosuko — Singapur — Sidney — San-Fransisko shaharlaridan oʻtgan. Kemadagi muzeyga 1958-yil sentabrda tashkil topgan yurtimizdagi bir shaharning xalq maorifi boʻlimi, pionerlar uyi va 16-maktab oʻquvchilari har yili oʻnlab nusxada asarlar yuborib turgan ekan. Savol: Tinch okeanida suzgan bu kema kimning nomi bilan atalgan?