Futbolchi Karlos Tevesning taqdiri ancha achinarli: transferdan soʻng u uzoq vaqt oilasidan ayro yashashga majbur boʻldi, yangi tilni oʻrganolmadi, qator janjallardan soʻng esa muxlislar undan yuz oʻgirishdi. Sports.ru saytida Tevesga bagʻishlangan maqola sarlavhasi uchta soʻzdan iborat boʻlib, 2001-yildagi Yevropa romanining nomidan atigi bitta harf bilan farq qiladi. Maqola sarlavhasini tiklang.