Yaqinda BUNING uchun mashhur "heavy metal" guruhining musiqasi, bolalar qoʻshiqlari va arab tilidagi haqoratli soʻzlardan foydalanildi. "Askarchalar" filmida BUNING uchun "Spice Girls" guruhining qoʻshigʻi ishlatilgan. Klassik sovet filmi sahnasida esa BUNING uchun barabanlardan foydalanilgan. Internet qidiruv tizimlaridan birida BUNING nomini bildiruvchi soʻz birikmasi qidirilganda, fleshmob ishqibozlari forumi, saylovoldi janglari haqidagi maqola va boshqa koʻplab havolalar chiqadi. BUNING nimaligini ikki soʻz bilan (sifat va ot) ayting.