Sovet Ittifoqi davrida Kol yarim orolidagi oʻta chuqur skvajinani burgʻilash ishlaridan soʻng, 60-yillarda AQSHda ham shu kabi loyihaga qoʻl uriladi. Loyiha nomi “Mohole” [Moxoul] boʻlib, undagi “hole” soʻzi “tuynuk, teshik” maʼnosini anglatgan va koʻzlangan maqsad Tinch okean tubini burgʻilab Yer mantiyasiga yetib borish boʻlgan. Diqqat, loyiha nomidagi birinchi ikki harf qaysi familiyani anglatganini yozib bering!