zakovatklubi.uz

Sochlar taraladi oʻnga yo soʻlga, Qoshning har imosi-muhim ishora. Koʻzlar ham intizor tikilar yoʻlga Farmonga muvofiq, farmon peshona. Koʻzyosh va kulguning oʻzi zoʻr afsun, Basma-bas oʻynaydi yuzda sanʼatda. Lablar ham (oʻ, lablar katta bir mavzu!) Yurakni qoldirar mudom hayratda. Darvoqe, yurak bor-oddiy muskuldan Koʻngil degan soʻzni oʻstirgan shudir. Hayot sahnasida yengil-mushkul dam Milyon tuygʻularning tebranishidir. Shular insonlikni farqlab berishdi, Aql deya maqom oldi to miya. Qolgani har tirik jonga tegishli, Qolgani-umumiy “Alfa”. Tarqatmada Shoir Nosirjon Joʻrayevning Alfa deb nomlangan sheʼrini koʻrib turibsiz. Diqqat savol: Alfa oʻrnidagi xorijiy soʻzni yozib bering.

Manba