Sizni MAFTUN qilish uchun, blits savollarini tuzdik. 3 ta savol, har biriga 20 soniyadan vaqt. 1913-yilda Fargʻonada tugʻilgan, oʻzbek xalq va zamonaviy raqslar ijrochisi, 1957-yilda “Bahor” ayollar xalq raqs ansamblini tashkil etib, unga rahbarlik qilgan SSSR (SSRI — Sovet Sosialistik Respublikalar Ittifoqi) xalq artisti ism va familiyasini yozib bering. || 1913-yilda Fargʻona viloyatining Togʻliq qishlogʻida tugʻilgan, Oʻzbek musiqali drama teatri (hozirgi Alisher Navoiy nomidagi akademik katta teatri) solisti, oʻzbek xalq qoʻshiqlari bilan bir qatorda boshqa xalqlar qoʻshiqlarini ham ijro etgan SSSR xalq artisti ism-familiyasini yozib bering. || 1923-yil Tomsk shahrida tugʻilgan, 1947-yilda Pragada boʻlib oʻtgan Butunjahon yoshlar va talabalar festivalida “Zang” nomli buxorocha raqsni ijro etgani uchun birinchi mukofotni qoʻlga kiritgan SSSR xalq artisti ism-familiyasini yozib bering.