Siz tarqatmada koʻrib turgan surat “Ueidler” kimoshdi savdo uyida boshlangʻich bahosi 20 ming yevro bilan auksionga qoʻyilgan edi. Ammo xaridorlar buni narxi biroz qimmatligi va bu soxta boʻlishi mumkinligidan qoʻrqib suratni sotib olishdan bosh tortishadi va oʻsha kungi barcha suratlar sotilmay qolib ketadi. Savol. Sotilmay qolgan bu surat Braunau shahrida tugʻilgan qaysi rassomga tegishli edi?