Siz tarqatmada Argentinaning Boka Xuniors klubining emblemasini koʻrib turibsiz. 1906-yil jamoa tashkil topganida rahbariyat ancha vaqtgacha jamoa uchun rang tanlashda oʻzaro kelisha olmaydi. Yechim sifatida, Buenos-Ayresdagi La Boca portiga borib, u yerga birinchi kelgan kema ranglarini, jamoaning milliy ranglariga aylantirishga kelishiladi va birinchi kelgan kemaning atiga bir quloch qismidagi yorqin ranglarni qabul qilishadi. Savol: Qirgʻoqqa birinchi boʻlib qaysi davlat kemasi kirib kelgan?