Siz koʻrib turgan Londondagi panjara toʻsiqlar qachonlardir, aniqroq qilib aytganda 80yillar oldin, boshqa maqsadda ishlatilgan. Ularning har biridagi toʻrtta egrilik u yotqizilganda panjaraning yuzasi yerga tegmasligi uchun qilingan. Bunday panjaralarni 2 xil kattalikda uchratish mumkin: katta va kichik. Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtishimiz kerakki, balki bu savolni "blitz" deb eʼlon qilganimizda, unga javob berishingiz osonroq boʻlar edi. Savol. bunday panjaralar nima maqsadda ishlatilganini yozib bering.