zakovatklubi.uz

Siyosatda oʻta oʻng va oʻta soʻl qarash egalari chiziqli spektrning ikki uchi kabi bir-biriga mutloq qarama-qarshi tomonda boʻlmaydi. Aslida, ularning qarashlari markazlashgan siyosatchilardan koʻra bir-biriga yaqinroq boʻladi, lekin hech qachon birlashib ketmaydi. Yuqoridagilarning siyosiy chiziqda joylashishi haqida gapirgan faylasuf Jan Pyer Fey buni “IKS nazariyasi” deb atagan. Diqqat savol: IKS oʻrnidagi unlilari bir xil boʻlgan soʻzni yozib bering.

Manba