Iqtibosga quloq tuting: "Men qoʻlimni sizning yelkangizga qoʻya olmayman. Ammo men siz bilan samimiy gaplasha olaman. Men tugʻildim. Onam yigʻlab shifokorlarga meni uning yonidan olib ketishlarini aytdi. Onam shifokorlarga bolani olib keting, men unga tegishni xohlamayman derdi. Keyin otam onamning yoniga keldi. Men bolani koʻrdim, u shunchalik goʻzalki, dedi. Bu soʻzlarni eshitgan onam yana yigʻladi.” Siz eshitgan jumlalar serb millatiga mansub bir yozuvchining biografik kitobidan olingan. Ushbu yozuvchining ism-sharifini javob kartangizga yozing.