sina.com internet sayti koʻplab tarixiy xronika va traktatlarga tayanib xabar berishicha, xitoyliklarning fikricha, it yettita fazilatga ega. Ulardan oltitasi: "i" (doʻstona munosabat, adolat), "chjun" (sodiqlik), "yun" (botirlik), "xuey" (oqlik), "syan" (yashirin imkoniyatlar, rivojlanish salohiyati), "szi" (farovonlik) bilan Yer yuzining istalgan aholisi rozi boʻlsa kerak. Biroq xitoyliklar oʻzlariga xos pragmatizm bilan itning yettinchi fazilatini ham qoʻshadilar va qadrlaydilar. Qaysi fazilatni?