"Oddiy poyabzal" (Simple Shoes) internet-do'konida unchalik oddiy bo'lmagan eko-poyabzallarni sotib olish mumkin. Masalan, narxi 70 dollar bo'lgan erkaklar kedasi: poyabzalning yon tomonlari, orqasi va uchi qayta ishlangan velosiped shinalaridan, bog'ichlari — qayta ishlangan plastik idishlardan, tagligi — avtomobil shinalaridan tayyorlangan. Poyabzalning ustki qismi esa eko-ishlab chiqaruvchilarni begona o't kabi kimyoviy moddalarsiz o'sishi va mustahkam, uzun tolaga egaligi bilan jalb qiladigan o'simlikdan tayyorlangan. Garchi ba'zilar bu o'simlikdan aynan shunday foydalanishni vahshiylik deb hisoblasa-da. Uni ayting.