Shveysariya qonunchiligiga koʻra oziq-ovqat mahsulotlarida uni ishlab chiqargan davlat haqida xaridor uchun maʼlumot boʻlishi shart. Bu talab hatto Shveysariya oʻzida yetishtirilgan masalliqlarni ishlatadigan novvoylarga ham tegishli. Shveysariyaliklarni nonushtada sevib isteʼmol qiladigan bir yegulikning vatani sifatida Fransiya, Avstriya, hatto Turkiya bilan Germaniya ham daʼvo qilishi mumkin. Gap nima haqida ekanini yozib bering.