SHUNDAY soʻzi oʻrnida 2 soʻz, BUNDAY soʻzi oʻrnida 1 soʻz keladi va ikkala almashtirishda ham qoʻsh undoshlar bor. Hindlarda uzoq vaqt buzilmasdan amal qilib kelingan kastalar tizimiga koʻra, hamma oʻz tabaqasida qolgan, hech bir pastki tabaqa vakili olamshumul boylik va martabaga ega chiqmagan. Bu haqida gapirgan muallif avvalgi davrlarda SHUNDAY yigit BUNDAY boʻlolmaganini aytadi. Savol: SHUNDAY va BUNDAY oʻrnidagi 3 soʻzni yozib bering.