Shaharlar oʻziga turistlarni jalb qilish uchun turli marketing usullaridan foydalanishidan xabardorsiz. Yevropadagi bir poytaxt shahar esa oʻziga xos reklama tayyorlashda ortiqcha qiyinchilikka duch kelmagani aniq. Shior quyidagicha: U aloqalar uchun, bagʻrikenglik uchun, oʻzgarishlar uchun, taraqqiyot uchun OCHIQ. Savol: U oʻrnidagi shahar nomini yozib bering!
Kopengagen. Ushbu rasm javoblar topshirilgandan keyin, javob oʻqilayotganda jamoalarga tarqatilishi maqsadga muvofiq.