"Serrasalmus va Pygocentrus turidagi o'tkir tishli piranyalar dunyodagi eng shafqatsiz chuchuk suv baliqlaridir. Aslida ular odamga kamdan-kam hujum qiladi". Iqtibos tugadi. Singapurlik An Chuan-Yan 41,52 soniyalik rekordini o'rnatayotganda ushbu fikrning haqiqiyligiga ishonganmi-yo'qmi, bizga noma'lum. U avvalgi rekordchi, amerikalik Ben Kukni yarim soniyaga ortda qoldirdi, fevral oyida esa britaniyalik Kreyg Krosbi 48 soniya bilan eng tezkor edi. Ushbu musobaqa bilan bevosita bog'liq bo'lgan uchta harfni aytishingiz uchun sizga bir daqiqa yetarli bo'ladi deb umid qilamiz.